alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Talabalarni qishki ta’tilga kuzatish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish

10:40 25.12.2018

        2018-yil 25-dekabr kuni ADTI ilmiy kengashlar zalida Murabbiylar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori P.Asxanov olib bordi va barcha yig‘ilganlarni institut ma’muriyati nomidan  yaqinlashib kelayotgan Yangi – 2019- yil bilan tabrikladi.
Shundan so‘ng, P.Asxanov kun tartibidagi  muhim  masalalar xususida gapirdi. Jumladan,  talabalarni qishki ta’tilga kuzatish va ta’til vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish va har xil masalalarga to‘xtaldi. U o‘z so‘zida  murabbiylarning axborot va murabbiylik soatini o‘tkazilishi,  beriladigan topshiriqlar, tilxat yozdirish, ta’til davomida tibbiyotga oid va badiiy kitoblar mutolaa qilish, bayramni ota-ona va yaqinlari oldida o‘tkazish, mahalla va jamoat tashkilotlarida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi tadbirlarda ishtirok etish, shuningdek, tarixiy joylar va muzeylarga turistik sayohatlar uyushtirish, bayram kunlarida  turli pirotexnika vositalaridan foydalanmaslik, Yangi yil bayramini betalofat o‘tkazish kabi masalalar xususida tushuntirish berib o‘tdi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan institut Murabbiylar kengashi  raisi A.Arzibekov  murabbiylarning ta’til davomidagi mas’uliyatli ishlarini ta’kidlab, 154 nafar murabbiylarga tegishli vazifalarni tayinladi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!