alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“TALABALIKKA BAG‘ISHLOV” – UZOQ KUTILGAN KUN OLTIN DAVR ESHIKLARINI OCHDI

14:07 15.09.2021

“TALABALIKKA BAG‘ISHLOV” – UZOQ KUTILGAN KUN OLTIN DAVR ESHIKLARINI OCHDI

Bugun bir umr shifokor bo‘lishni, bemorlar dardiga darmon bo‘lishni niyat qilgan yigit-qizlarning ilk orzulari ushaldi. Ular Andijon davlat tibbiyot institutining talabasi sifatida bilim olishmoqda. “Talabalikka bag‘ishlov” tantanali marosimi 1-bosqich talabalari uchun chinakam bayram bo‘ldi.

Tadbirda so‘z olgan institut rektori M.Madazimov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonov, 1-UASh tayyorlash kafedrasi mudiri, t.f.d. professor Z. Salohiddinov talabalarni yangi o‘quv yili bilan qutlab, oliy ta’lim sohasidagi keng ko‘lamli islohotlar, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, har qanday masalada professor-o‘qituvchi va xodimlar talabalarga ko‘maklashishga tayyor ekanliklarini ta’kidlab o‘tdilar. Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha prorektor M.Botirov 1-bosqich talabalariga rektor, prorektorlar, dekanlar va ularning o‘rinbosarlarini tanishtirdi.

Tadbirning hayajonli nuqtasi boshlandi. Institiutning iqtidorli talabalaridan “Bilimlar kaliti” va “Reyting daftarchasi”ni olgan 1-bosqich talabalari shifokorlik qasamyodini qabul qildilar. Bu quvonch dillardan tillarga ko‘chdi. Ustozlardan bilim olib, yetuk shifokor bo‘lishga va’da berayotgan talabalar hamda farzandidan faxrlanayotgan ota-onalar so‘z oldilar.

Mazkur tadbir talabalikning oltin eshiklarini ochib, faraxbaxsh kunlarga chorladi go‘yo.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!