alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Ta’lim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

16:09 27.07.2019

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 22-iyuldagi 87-02-1602-sonli xatiga asosan 2019-yil 27-iyul kuni Andijon mashinasozlik institutining katta anjumanlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash, maqsadida “Ta’lim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi B.Matmuradov, rais o‘rinbosari T.Madumarov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i O.Bozorov, Andijon viloyati prokuraturasi va ichki ishlar boshqarmasi vakillari hamda Andijondagi barcha oliy ta’lim muassasalari rektorlari, prorektorlar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi B.Matmuradov so‘z olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-sonli Farmonining mazmun-mohiyatini jamoatchilik orasida keng targ‘ib qilish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib, yoshlarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta’lim berish bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mavzularni yanada kuchaytirish,  ularda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshishi, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllanishida kuchli immunitetni hosil qilish, oliy ta’lim tizimida shaffoflik va adolatni to‘laqonli tiklash bilan kelajakda har sohada jahon reytingida nufuzli o‘rinlarni egallash mumkinligi to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari T.Madumarov o‘z nutqida hozirda butundunyo mamlakatlari diqqat markazi turgan, o‘zining investitsion jozibasi bilan bir qator investorlarni o‘zga jalb qilayotgan yurtimizda korrupsiya kabi illat, ularni mamlakatimizda erkin raqobatni yo‘lga qo‘yishida to‘siq bo‘layotgani, sohalardagi ildiz otib borayotgan bu illatga qarshi kurashishni avvalo ta’lim dargohidan boshlash maqsadga muvofiq ekanligini ta’kidladi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i O.Bozorov, Andijon viloyati prokuraturasi vakili X.Yusupov, Andijon davlat itbbiyot instituti rektori M.Madazimov hamda Oliy Majlis Senati a’zosi Sh.Mamatqulovlar korrupsiyaga qarshi kurashish borasida boshqa sohalarga yetakchi bo‘la oladigan salohiyatni oliy ta’lim tizimida shakllantirish muhim ahamiyat kasb etishi haqida o‘zlarining fikr va mulohazalarini  bildirdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!