alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TAMILA ABLYAZIMOVA MEHNAT FAOLIYATINING 50 YILLIGI MUNOSABATI BILAN VILOYAT HOKIMI TOMONIDAN TAQDIRLANDI

13:00 18.05.2021

50 yil bir joyda va bir lavozimda ishlashning o‘zi katta fidoyilik aslida. Bu jonkuyarlik o‘z kasbini dildan sevgan insonlargagina xos. Tamila Ablyazimova mana 50 yildirki, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining patalogik anatomiya kafedrasi bo‘limi mudiri vazifasida ishlab kelmoqda. Faoliyati davomida bo‘lajak shifokorlarga chin insoniylik saboqlarini, tibbiyot ilmi va fan sirlarini o‘rgatmoqda, tibbiyot sohasini rivojlantirishda o‘z xissasini qo‘shib kelmoqda.

Kuni kecha viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov klinikaning patalogik anatomiya kafedrasi faoliyati bilan tanishish asnosida Tamila Ablyazimova bilan suhbat olib bordi. Uning sohada erishilayotgan yutuqlar, patalogik anatomiya yo‘nalishini rivojlantirishda ahamiyat berilishi lozim bo‘lgan jihatlar to‘g‘risidagi fikr-mulohazalari viloyat rahbarining e’tiborini tortdi. Qizg‘in suhbat davomida Tamila Ablyazimovaning mehnat faoliyatining 50 yilligi munosabati bilan muborakbod etdi.

Bugun ADTI klinikasi ma’muriyati binosida mana shu qutlov munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Unda viloyat xokimligi kotibiyat mudiri E. Xolmirzayev hamda institut rektori M. Madazimov ishtirok etdi. Viloyat xokimligi kotibiyat mudiri E. Xolmirzayev Tamila Ablyazimovaga viloyat xokimining tabrigini yo‘llab, esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!