Tanishing! Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori!

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Muxtorjonova Xusnigul Nodirbek qizi

 

Andijon davlat tibbiyot instituti pediatriya fakulteti 6-bosqich talabasi Muhtorjonova Husnigul Nodirbek qiziga bu yil omad kulib boqdi. U 2019 yil 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida  respublikamizdagi eng iqtidorli qizlarga nasib etadigan  Zulfiya nomidagi Davlat  mukofotiga  sazovor bo‘ldi.

Bu yutuq Zulfiya nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilganidan buyon  1 marta ADTI talabasiga nasib etganligi bilan quvonarli va faxrlidir. Sovrindor Xusnigul Muhtorjonova 1994 yil  10 sentyabrda Andijon shahrida  ziyoli oilada tavallud topgan. Millati o‘zbek. 2013 yilda ADTI pediatriya fakultetiga davlat granti asosida o‘qishga kirgan.

U mamlakatimiz yoshlarining bilim olishlari uchun  yaratilgan  keng imkoniyatlardan foydalanib, viloyat, respublika va xalqaro  ilmiy-amaliy anjumanlarda faol qatnashgan.Tibbiyotning onkologiya yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib bormoqda.Hozirgi vaqtda 1 ta patent,2 ta elektron o‘quv-uslubiy  qo‘llanma, 1 ta izohli lug‘at, 1 ta amaliyotga tatbiq, 8 ta ratsionalizatorlik taklifi, 10 ta chet el va respublika jurnallarida ilmiy maqola, 30 dan ortiq xorijiy va xalqaro ilmiy –amaliy anjumanlarda chop etilgan  tezislar  muallifidir.

2013 yildan institut “Yosh olimlar Kengashi”, Onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi qoshidagi “Yosh onkolog” to‘garagi  a’zosi.

2017 yilda Ukraina davlatida  bo‘lib, Xarkov milliy  tibbiyot unifersiteti  amaliyot o‘tab, sertifikat bilan taqdirlangan. Shu yili O‘zbekiston Intellektual mulk  agentligi tomonidan “Yaxshi va yomon  sifatli tuxumdon  o‘smalarini ROMA  indeksi orqali  prognozlash dasturi” nomli  patentga  ega bo‘lgan hamda   “Onkologiyada  deontologiya masalalari” hamda “Jarrohlik fanidan terminologiya” nomli  elektron  uslubiy qo‘llanmalar  uchun  guvohnoma olgan. Erishgan yutuqlari tufayli  10 ga yaqin diplom, 40 dan ortiq sertifikatni qo‘lga kiritgan.

San’atning qo‘shiq,  raqs va musiqa turlari, sportning  karate va  tennis turlari bilan  shug‘ullanadi. O‘zi istiqomat qilayotgan Andijon shahridagi Sulton Jo‘ra mahalla fuqarolar yig‘inida kichik yoshdagi  o‘quvchilar uchun  rus, ingliz tillari kurslari tashkil etgan. Husnigul ijtimoiy- siyosiy faoliyatga ham ega. U Xalq demokratik partiyasi  faoli.   U partiya tomonidan tashkil etilayotgan  tadbirlarda faol ishtirok etib, sertifikat va diplomlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.

Xusnigulning bu katta yutug‘i bilan chin dildan qutlab, kelgusi ishlariga  omadlar tilab qolamiz.

1 053