alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Tanlovning barcha ishtirokchilari Samarqandga boradigan bo‘ldi

17:09 28.12.2019

Yangi yil quvonchli voqealar, kutilmagan sovg‘alarga boy bo‘ladi. Yangi yil bayrami munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot institutda ingliz tilida o‘tgan tanlovda ham ana shunday bo‘ldi.


Tanlovda ishtirok etgan uch jamoa – 15 nafar ishtirokchining barchasi 1-o‘rin uchun tayyorlangan yutuqqa erishidi – Samarqand shahriga 5 kunlik sayyohatga boradigan bo‘ldi.


Endi ingliz tilida o‘tgan tanlov haqida batafsil ma’lumot bersak. Asosiy maqsad, Andijon davlat tibbiyot institutida mehnat qilayotgan professor-o‘qituchilarning xorijiy tillarni, jumladan ingliz tilini qaydarajada bilishlarini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan tanlovda terapiya, pediatriya, tibbiy biologiya yo‘nalishlaridan 5 nafardan o‘qituvchilar 3 jamoaga birlashgan holda o‘zaro bellashdilar. Tanlov shartlarida mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ilgani surilgan 5 ta muhim tashabbas talabalari e’tiborga olingan bo‘lib, ishtirokchilar adabiyot, san’at, axborot texnologiyalaridan unumli foydalangan holda o‘z soha yo‘nalishlari bilan tanishtirdilar, yangi pedagogik usullar asosida o‘tilgan dars jarayonini namoyish etdilar va erkin mavzuda – qo‘shiq, raqs, sahna ko‘rinishlari orqali o‘z iste’dodlarini namoyish etdilar. Eng asosiysi barcha shartlar ingliz tilida bajarildi.


Tanlov ishtirokchilarni tayyorlashda xorijiy tillar kafedrasining o‘qituvchilaridan Sh.No‘monov, D.Isroilova, G.Daminovalar yoqindan yordam berishdi.


Ishtirokchilarning mahoratini esa institut rektori, professor M.M.Madazimov rahbarligidagi nufuzli hakamlar hay’ati baholab borishdi.


Ishtirokchi o‘qituvchilar ingliz tilini mukammal bilishligi bilan birga kasbiy, pedagogik mahorati, adabiyot. san’at turlari bo‘yicha yaxshigina iste’dodga ega ekanligi ko‘rsata olishdi.


Tanlov yakunida so‘z olgan institut rektori M.M.Madazimov professor-o‘qituvchilarning xorijiy tillarni bilishi institut salohiyatini oshirishda alohida o‘ringa ega ekanligi e’tirof etdi va tanlov ishtirokchilarning barchasi yuksak darajadagi kasbiy, pedagogik mahoratga ega ekanligidan mamnunligini bildirdi.


Hay’at a’zolarining baholariga ko‘ra 3-o‘ringa pediatrlar, 2-o‘ringa tibbiy biologiya yo‘nalishi o‘qituvchilari, 1-o‘ringa ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi xodimlaridan iborat terapevtlar loyiq deb topildi. Amma aytib o‘tganimizdek, institut rektorining taklifi bilan barcha ishtirokchilar 1-o‘rin uchun belgilangan yutuq – mamlaktimizning tarixiy va go‘zal  Samarqand shahriga 5 kunlik sayyohatga boradigan bo‘lishdi.


Tadbirni tomosha qilganlar esa ingliz tili bo‘yicha o‘z bilimlarni boyitish bilan birga maroqli va mazmunli dam olishdi.

ADTI axbort xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!