alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TARGʻIBOT TADBIRI BALIQCHI TUMANIDA DAVOM ETDI

13:35 10.08.2021

 

“Yosh volontyorlar” koʻngilli yoshlar guruhining targʻibot tadbirlari bu gal Baliqchi tumanida olib borildi. Unda 10 nafardan ortiq talabalar “Zaxkash” MFYning Yoshlar, Navroʻz, Iftixor, Omonariq koʻchalarida aholi oʻrtasida sogʻlom turmushni targʻib etdilar. Toʻgʻri ovqatlanish, karantin qoidalariga qatʼiy amal qilish, gigiyena qoidalariga rioya etish borasida aholiga tavsiya va maslahat berib bordilar. Vaksina olish va uning inson salomatligiga taʼsiri toʻgʻrisidagi aholining savollariga talabalar batafsil javob berdilar.

ADTI matbuot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!