“Tashabbuskor” “Shifokor”lar “Tashabbus”i – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Tashabbuskor” “Shifokor”lar “Tashabbus”i

09:03 19.12.2019

Andijon davlat tibbiyot institutining X.Nigmatshaeva  rahbarligidagi 2 – akusherlik  va ginekologiya kafedrasida  Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari  surilgan beshta muhim tashabbus yo‘nalishlarini namoyon etuvchi  ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.


Ko‘rik-tanlov asosida o‘tkazilgan tadbirni kafedra professori To‘xtaxon Muhiddinova ochib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.


Tadbir qizg‘in  ko‘tarinki ruhda boshlandi. 2 –kurs klinik ordinatorlardan iborat – “Tashabbuskor”, 1 – kurs magistratura yo‘nalishi talabalaridan iborat “Tashabbus”, 1 – kurs klinik ordinatorlardan iborat “Shifokor” guruhlari o‘zaro  bellashdilar.


Besh tashabbusning musiqa  rassomlik, adabiyot, teatr  va   yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport turlariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, kompyuter savodxonligi va internetdan samarali foydalanish, shuningdek, kitobxonlik va xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash yo‘nalishlari to‘la-to‘kis aks etgan ko‘rinishlarda  kafedrada  tahsil olayotgan  klinik ordinator va magistrlar tanishtiruv, badiiy  o‘qish, teatr, shashka, kitobxonlik, pazandalik va kompyuter texnologiyalari     bo‘yicha  bilim va mahoratlar  tanlovlarida o‘zlarining iqtidorlarini namoyish etdilar.


Talabalarning har bir chiqishlari hakamlar xay’ati tomonidan odilona baholanib borildi va  barcha ishtirokchilar  esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


Tashabbus tanlovi tadbirini  kafedrada tahsil olayotgan  davolash fakultetining 6 – bosqich talabalari miriqib tomosha qildilar. Tanlov davomida jozibali raqs va kuy-qo‘shiqlar yangradi.


Tadbir nihoyasida tanlov xay’ati a’zolari  professor T.Muhiddinova,  ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi R.Usmonova, “Tibbiyot gulshani” gazetasi muharriri R.Hayitboeva, ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti B.Botirova, magistratura bo‘limi mas’uli B.Tursunov, klinik ordinatura yo‘nalishi mas’uli  G.To‘raeva, magistratura yo‘nalishi moderatori O.Yuldasheva va  1 – tug‘ruq kompleksi shifokorlari  o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.


Avvalo tadbir tashkilotchilari – kafedra xodimlariga samimiy e’tirof  va bo‘lajak akusher-ginekologlarga ezgu tilaklar bildirildi. Kafedra mudiri   X.Nigmatsheva   bunday tadbirlar davomiy bo‘lishini aytib, unda har bir  talaba yanada faollik ko‘rsatishiga ishonch bildirdi.

R.Hayitboeva.

“Tibbiyot gushani” gazetasi muharriri

Skip to content Click to listen highlighted text!