alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikga kirish imtihonlari

17:52 22.11.2019

Andijon davlat tibbiyot institutida  O‘zbekiston  Respublikasi Vazirlar  Maxkamasining 2017-yil  22-maydagi  “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  304-sonli qarori hamda “2020- yilda tayanch doktoranturada davlat byudjeti mablag‘lari xisobiga birinchi bosqichga qabul rejasining O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirgligi tizimidagi muassasalar bo‘yicha taqsimoti”ga muvofik tayanch doktoranturaga va mustaqil izlanuvchilikga talabgorlar uchun mutahassislik fanlari bo’icha kirish imtixonlari bo‘lib o‘tdi.


Imtihon avvalida, institut rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor M.M.Madazimov talabgorlarga – imtihon topshiriuvchi yoshlarga muvaffaqiyat tilar ekan, ularga juda katta umid bildirilayotganligi, ulardan ulkan yutuqlar kutilayotganligini bildirdi.


Rektor hay’at a’zolariga imtihon olish jarayonida yoshlarning ilmiy salohiyati bilan birga amaliy ko‘nikmalarga egaligiga ham e’tibor qaratishlari zarurligini ta’kidlab o‘tdi.


Imtihon olishda har bir yo‘nalish bo‘yicha ikki nafardan institutning malakali mutaxassislari ishtirok etdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!