Ta’ziyanoma

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi og‘ir judolikka uchradi. 24-sentabr kuni, izlanuvchan, tajribali o‘z kasbining ustasi va chuqur bilimli rahbar, kamtarin hamda rahmdil ustoz-murabbiy Pattaxon Xabibillayevich Asxanov vafot etdi

Asxanov Pattaxon Xabibillayevich, 1961-yil 25-noyabrda tug‘ilgan, uch farzandning otasi, 36 yildan buyon Andijon davlat tibbiyot institutida  faoliyat ko‘rsatgan. Mexnat faoliyatini 1984 yili falsafa kafedrasi kabinet mudirligidan boshlagan P.Asxanov o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dotsent, kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan. 2018-yiildan umrining oxirigacha Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor lavozimida mehnat qilgan.

Shu davr mobaynida u yuqori malakali, yetuk mutaxassis, moxir tarbiyachi va g‘amxo‘r ustoz sifatida yosh avlodga ta’lim tarbiya berishda munosib xissa qo‘shgan. O‘z ishiga nisbatan talabchan, qattiqqo‘l, shu bilan birgalikda adolatli, ijtimoiy hayotdagi salbiy holatlarga murosasiz shaxs sifatida faoliyat yuritgan.

2002-yildan 2017-yilgacha ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi  mudiri lavozimida ishlab, mexnat jamoasi ichida tashabbuskor va g‘amxo‘r rahbar, tashkilotchi inson sifatida ham tanildi. U rahbar bo‘lgan davrda kafedra xodimlarining o‘rtacha yoshi 54 dan 44 yoshga tushdi. Yosh kadrlar ishga qabul qilinib, ilmiy izlanishlarga yo‘naltirildi. Kafedrada 2 nafar fan nomzodi yetishib chiqdi va bitta nomzodlik dissertatsiyasi tayyorlandi.

P.Asxanovning olim sifatida 100 dan ortiq ilmiy maqolalari va  ilmiy-uslubiy qo‘llanmalari chop etilgan.

Andijon davlat tibbiyot instituti rektorati, mehnat jamoasi, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi xodimlari P.X.Asxanovning vafoti munosabati bilan oila a’zolariga chuqur ta’ziya izxor etadi.

1 347