alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TEST SINOVLARI XOLIS VA SHAFFOF O‘TKAZILDI

13:20 03.06.2021

TEST SINOVLARI XOLIS VA SHAFFOF O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutida viloyatning oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarini chet tillarini bilish, yuqori bosqich talabalarini mutaxassislik fanlari bo‘yicha bilim darajasini aniqlash yuzasidan test sinovlari o‘tkazildi.

Test jarayonlari institutning yuz o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy axborot kommunikatsion vositalari, kuzatuv kameralari bilan jihozlangan, yuqori internet tezligiga ega, ma’lumotlar olish va kiritishda qulay bo‘lgan Inkubatsiya va akseliratsiya markazida bo‘lib o‘tdi.

Viloyatning 4 ta oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi bosqich talabalari hamda professor-o‘qituvchilari to‘liq test nazorat sinovlarida ishtirok etdilar. Test sinovlarini xolis va shaffof o‘tkazish maqsadida ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi va viloyat xududiy bo‘limining yetuk mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi test jarayonlarini nizom talablari asosida kuzatib bordilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!