alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH – E’TIBOR MARKAZIDA

Ilmiy kengashlar zalida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Unda institutimiz rektori M. Madazimov hamda Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi, oliy toifali yurist Sh. Dehqonov ishtirok etdi. Yig‘ilishda ayni damda butun dunyoni tashvishga solayotgan koronavirus pandemiyasining oqibatlari, dars jarayonlari va jamoat joylarida gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish borasida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, ta’lim jarayonida, 2021-2022- o‘quv yili qabul komissiyasi davrida, imtihon jarayonlarida, bemorlar bilan bo‘lgan munosabatlarda korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, har qanday holatda ham pora beruvchi, oluvchi, vositachilik qilayotgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilishi, baholash me’yorlari va xujjatlarni rasmiylashtirishda soxtalik va ta’magirlikka yo‘l qo‘ymaslik borasida ham tushunchalar berib o‘tildi. Shuningdek, “Salomatlik oyligi” doirasida barcha fakultet va kafedralar faol ishtirok etishi lozimligi bildirildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!