(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TEXNIKUM O’QUVCHILARI INSTITUTIMIZDA

19:41 19.02.2021

Paxtaobod tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumining 42 nafar 1-bosqich o’quvchilari institutimizda talabalarning sifatli ta’lim olishlari uchun barcha imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.

Ularga Davolash fakultetining yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari boshchilik qildi. O’quvchilar Аnatomiya muzeyi, Inkubatsiya va akseleratsiya markazi va Аxborot resurs markazlarida boʼlib, talabalar kasb sirlarini yanada koʼproq oʼrganishlarining guvohi boʼldilar.