alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TIBBIY KIMYO KAFEDRASI

Kafedra mudiri, k.f.n., dotsent
Xolboev Yu.X.
91 620-70-21 e-mail Holboev70@mail.ru

Andijon davlat tibbiyot instituti 1955-yil oktabr oyida tashkil etilgandan keyin kimyo kafedrasi birinchilar qatorida shu yildanoq ish boshlagan. Kafedra o’z faoliyatini asosiy o’quv binosida 1955 yildan 1999 yil oxirigacha davom ettirib keldi. 2000 -yil boshida institut yangi binoga ko’chib o’tishi munosabati bilan 4- qavatidan zamonaviy o’quv laboratoriyalari ajratildi. Kafedra hozirgi kunda 2-o’quv binosida faoliyat ko’rsatmoqda. 1955 –1959 yillari kafedrani dotsent Yusupov F.Yu. boshqargan. 1959 yilning avgust oyidan boshlab kafedraga professor Raevskiy S.A. mudir etib tayinlangan. Yildan yilga kafedra a’zolari soni orta boshlagan. 1964-1967 yillarda dotsent Fuzaylov Yu.M. kafedraga rahbarlik qilgan. 1967-1989 yillarda dotsent Lutfullin K.L. kafedra mudiri etib tayinlangan. U o’z faoliyati davomida ko’plab shogirdlarni tarbiyaladi, yosh olimlarni yetishib chiqishiga katta hissa qo’shdi. 1990-1996 yillarda kafedra mudiri dotsent Mirzaboev E.A. tayinlandi. Kafedraning ilmiy salohiyati ko’tarila boshladi. 1996- 2004 yillar kafedra mudiri prof. Karimov A.K. ish yuritdi. ADTI da ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori, ADTI qoshidagi 1-akademik litsey direktori vazifalarida ham faoliyat olib bordi. Kafedradagi faoliyati davomida ilmiy-tadqiqot ishlari bilan birga o’quv jarayoniga va uni rivojlanishiga jiddiy e’tibor berdi. Kafedrada tashkil etilgan “Yosh kimyogar” to’garagi a’zolari Respublika nufuzidagi fan olimpiadalarida faxrli o’rinlarni egalladilar. 2004 yildan buyon kafedra normal fiziologiya, biologik va bioorganik kimyo deb nomlana boshladi. Kafedra mudiri etib, prof. Qodirov Sh.Q. faoliyat yurita boshladi. 2012 yildan buyon kafedraga dotsent Xudoyarova A.G. rahbarlik qilgan. Ma’ruza va amaliy mashgulotlarda talabalar bilimini baholashda ’’Miya hujumi”, ’’Asalari uyasi”, ’’Aylana stol atrofida”, ’’Insidient ”, ’’Stol ustida ruchka”, ’’Rotatsiya ”, ’’Galereya ”, ’’Klaster ” kabi interfaol usullardan foydalanilgan.

№ F.I.Sh. Lavozimi Stavkasi Malaka oshirgan vaqti

1. Xolboyev Yu. X. Kaf.mudiri 1.0 2019 yil

2. Abduraxmanov Ulugbek Kurganbayevich Dotsent 1.0 2019 yil

3. Xomidov Inomiddin Ilmiddinovich Dotsent 1.0 2020 yil

4. Islomova Saidaxon Turg’unovna Dotsent 1.0 2020 yil

5 Razzaqov Nabijon Alijonovich Katta o’qituvchi 1.0 2022 yil

6 Maxammatova Soxibaxon Xasanboy qizi Assistent 1.0 2020 yil

7 O’rmonov Asildin Abdusamatovich Assistent 1.0 2020 yil

8 Xoliqnazarova Shoxsanamoy Ravshanbek qizi Assistent 1,0 2023 yil

9 Ubaydullayev Komiljon Tursunovich Assistent 1,0 2023 yil

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!