alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TIBBIY-KOʼRIK VА SOGʼLOMLАSHTIRISH TАDBIRLАRI DАVOM ETMOQDА

13:45 17.04.2021

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 6110-sonli farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida viloyatimizning barcha mahallalarida Аndijon davlat tibbiyot institutining professor-oʼqituvchilari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy-koʼrik va sogʼlomlashtirish tadbirlari tashkil etilmoqda. Аndijon shahridagi Farobiy MFY oʼramida yashovchi 612 nafar bemorlar tibbiy-koʼrikdan oʼtkazildi. Ularga sogʼlom ovqatlanish, gigiyena qoidalariga amal qilish borasida ham maslahatlar berildi. UZI, EKG apparatlaridan tekshiriuvdan oʼtkazildi.

Shuningdek, aholi oʼrtasida 5000 qadan yurish, shaxmat-shashka, voleybol, stol tennisi, basketbol, mini futbol kabi sport turlari musobaqalari ham tashkil etildi. Ularga sogʼlom turmush tarziga rioya qilish borasida maʼlumotlar, tarqatma materiallar ham berildi.