alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TIBBIY KOʼRIK XOʼJАOBOD TUMАNIDА TАSHKIL ETILMOQDА

19:13 21.04.2021

Xoʼjaobod tumanidagi aholini sogʼlomlashtirish tadbirlari davom etmoqda.

Аndijon davlat tibbiyot instituti professor-oʼqituvchilari tomonidan Xoʼjaobod tumanidagi Monak 60-OPsida chuqurlashtirilgan tibbiy koʼrik oʼtkazildi. Tibbiy koʼrikda 17 xil mutaxassisliklardan iborat 24 nafar ishchi guruh tumanning 654 nafar fuqaroga tibbiy xizmat koʼrsatdilar, ulardan 110 nafari “Temir daftar”ga, 52 nafari “Аyollar daftari”ga, 19 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan.

Bemorlarning 12 nafariga viloyat DPMlariga, 8 nafar fuqaroga TTBga davolanish uchun yoʼllanmalar berildi. Shuningdek, 4 nafar institutning endokrinolog mutaxassislari tumanning 112 nafar fuqarosida yashirin uglevod tekshiruvi oʼtkazdilar. Tibbiy himoyaga muxtoj boʼlgan 4 nafar fuqarolarning uylarida koʼrik tashkil etilib, kerakli yordam koʼrsatildi.