alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Tibbiy ko‘rik salomatlik garovi

17:00 15.01.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6110-son Farmoni va “Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4891 sonli Qarori ijrosi bo‘yicha joriy yil 14 va 15 yanvar kunlari Andijon davlat tibbiyot institutining 12 turdagi mutaxassislar – onkolog, akusher-ginekolog, pediatr, neyroxirurg, nevropatolog, otorinoloringolog, kardiolog, terapevt, dermatovenerolog, travmatolog, urolog, endokrinologdan iborat professor-o‘qituvchilari tomonidan Jalaquduq tuman tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar o‘tkazishdi.

Ushbu jarayonda tumanning 615 nafar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazilishi lozim bo‘lgan aholisiga xizmat ko‘rsatilib kerakli tavsiyalar berildi.


Shuningdek, Andijon davlat tibbiyot institutining 15 nafar bitiruvchi kurs talabalari va 2 nafar professor-o‘qituvchilari axolini tibbiy xatlovdan o‘tkazish jarayonida ishtirok etishmoqda.

Ushbu tadbirlar davomida aholi o‘rtasida shaxsiy gigiena, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sog‘lom ovqatlanish tamoyillari, jismoniy faollik, zararli odatlarga berilmaslik bo‘yicha targ‘ibotlar  o‘tkazildi.

                                                        Davolash (amaliyot) bo‘limi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!