alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti, Andijon mashinasozlik instituti va Koreyaning Tegu universiteti hamkorligida ishlab chiqilgan "Tibbiyot injeneriyasi" qo`shma magistirlik dasturi asosida 2018-2019 o`quv yilidan boshlab Andijonda tibbiyot muhandislari tayyorlanadi

13:58 29.11.2018

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017-  yil  5 – maydagi  PQ- 2956-sonli  “O‘zbekiston  Respublikasida  tibbiy  ta’lim  tizimini  yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda  2018- yil 5- iyundagi PQ- 3775-sonli  “Oliy  ta’lim  muassasalarida  ta’lim  sifatini  oshirish  va ularning  mamlakatda  amalga  oshirilayotgan  keng  qamrovli  islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari  ijrosini  ta’minlash  maqsadida,  Andijon  davlat  tibbiyot instituti va  Andijon mashinasozlik instituti bilan Koreyaning Tegu universiteti hamkorligida ishlab chiqilgan  tibbiyot  injeneriyasi  bo‘yicha  institutlararo  magistratura tajribaviy  dasturi  asosida  2018-2019 – o‘quv  yilidan  boshlab  sog‘liqni saqlash  tizimi  uchun  tibbiyot  muhandislari  tayyorlash  tajriba-sinov tariqasida yo‘lga qo‘yildi. Ushbu  dastur  tayanch  oliy  ma’lumotga  ega  bo‘lgan,  texnika  oliy  o‘quv yurtlarining  elektronika,  texnologik  jarayonlarni  avtomatlashtirish, metrologiya, materialshunoslik, biofizika, biotexnologiya tizimlari hamda tibbiyot  oliy  o‘quv  yurtlarining  tibbiyot-profilaktika,  tibbiyot-biologiya kabi yo’nalishlari  bitiruvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quv mashg‘ulotlari Oliy va o‘rta  maxsus ta’lim  vazirligi  tomonidan  tasdiqlangan  tajribaviy  magistratura dasturi asosida modul-kredit tizimida olib borilmoqda. SHu  bois,  qo‘shma  ta’lim  dasturini  amalga  oshirish  yuzasidan navbatdagi  yig‘ilish  Andijon  davlat  tibbiyot  institutida  tashkil  etildi. Yig‘ilishda Andijon davlat tibbiyot instituti  rektori, hamkor oliy o‘quv yurtlarining  o‘quv  ishlari  bo‘yicha  prorektorlari,  xalqaro  aloqalar  bo‘limi boshliqlari,  magistratura,  o‘quv-uslubiy , reja va moliya bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari va o‘quv mashg‘ulotlari olib borayotgan  professor-o‘qituvchilar qatnashdilar. Yig‘ilishni  Andijon  davlat  tibbiyot  instituti  rektori,  tibbiyot fanlari doktori, professor M. Madazimov ochib berib, hozirgi kunda tibbiyot  sohasida  respublikamizda  olib  borilayotgan  ulkan  yangilanishlar, respublikamiz oliy o‘quv yurtlari va chet el oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorliklar va  tashkil etilgan qo‘shma magistrlik dasturi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Jumladan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2018-  yil  5- iyundagi  PQ-3775-sonli  “Oliy  ta’lim  muassasalarida  ta’lim  sifatini oshirish  va  ularning  mamlakatda  amalga  oshirilayotgan  keng  qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida” gi  qaroridan  kelib  chiqib,  O‘zbekiston  Respublikasidagi  ta’lim muassalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2018- yil 17 – sentyabrdagi  9-sonli  bayoni  asosida  2018/2019  o‘quv  yili  qabuli  uchun respublika  oliy  ta’lim  muassasalari  va  xorijiy  oliy  ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari va  ikki tomonlama diplom berish  amaliyotini  joriy  etish  maqsadida  Andijon  mashinasozlik instituti bilan hamkorlikda to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha  “Tibbiyot va biotexnologiya mashinalari va jihozlari” magistratura mutaxassisligiga  9 nafar talabalar qabul qilinganligini yana bir bor eslatib o‘tdi.
SHu bilan birga, tibbiyot muhandisligi sohasi muhimligi va ularning kasbiy  faoliyatiga  texnika  va  ilmiy  soha,  inson  faoliyati,  tibbiyot diagnostika  uchun  asbob-uskunalarga  xizmat  ko‘rsatish,  kasalliklar profilaktikasi va reabilitatsiyasida zamonaviy tibbiyot jihozlari, tibbiy laboratoriya  masalalarini  yechish  uchun  dasturiy  ta’minotni  ishlatish kabilar kiritilganligini institut rektori a’lohida ta’kidlab o‘tdi. So‘ngra,  Andijon  mashinasozlik  institutining  xalqaro  aloqalar bo‘limi boshlig‘i Z. Jo‘raev tibbiyot muhandisligi institutlararo qo‘shma magistrlik dasturining o‘ziga xos xususiyatlari,  tarkibiy tuzilmasi, o‘quv mashg‘ulotlari  va  mutaxassislik  fanlari  haqida  to‘liq  ma’lumot  berdi. Jumladan,  Janubiy  Koreyaning  Tegu  universiteti  (Catholic  University  Of Daegu)  va  Andijon  davlat  tibbiyot  instituti  bilan    hamkorlikda meditsina  injeneriyasi  (Biomedical  Engineering)  magistratura mutaxassisligi qo‘shma ta’lim dasturlar va ikki tomonlama diplom berish
kelishuviga  asosan  1+1  modeli  asosida  (1-o‘quv  yilida  Andijon mashinasozlik instituti va Andijon davlat tibbiyot institutilarida va 2- o‘quv yilida Janubiy Koreyaning Tegu universitetida) tashkil etilganligi haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.
Yig‘ilish  davomida  Andijon  davlat  tibbiyot  instituti  va  Andijon mashinasozlik  instituti  bo‘lim  boshliqlari  o‘z  vakolatlari  doirasida qo‘shma  magistrlik  dasturining  kelgusi  istiqbollari  haqida  kelishib oldilar.  Yig‘ilish  so‘ngida,  Andijon  davlat  tibbiyot  instituti  rektori, professor  M.  Madazimov  institutning  kafedra  mudirlari  va  bo‘lim boshliqlariga  o‘quv  mashg‘ulotlarini  doimiy  ravishda  monitoring  olib borish,  o‘quv  mashg‘ulotlarini  kerakli  tibbiyot  jihozlari  va  axborot kommunikatsion  texnologiya  vositalari  bilan  ta’minlash  va  ta’lim sifatiga alohida e’tibor berish haqida tegishli kafedralarga topshiriqlar berdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!