alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“TIBBIYOT SOHАSIDА YUQORI INNOVАTSION TEXNOLOGIYALАR” MАVZUSIDА АKАDEMIK MOBILLIK DАSTURI DOIRАSIDА MА’RUZА VА АMАLIY MАSHGʼULOTLАR

14:14 10.06.2021

“TIBBIYOT SOHАSIDА YUQORI INNOVАTSION TEXNOLOGIYALАR” MАVZUSIDА АKАDEMIK MOBILLIK DАSTURI DOIRАSIDА MА’RUZА VА АMАLIY MАSHGʼULOTLАR

Taʼlim va fan sohasida hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida 2021-yil 28-apreldagi hamkorlik shartnomasiga asosan Qozog’iston Respullikasi bosh nevrologi, Qozogʼiston milliy tibbiyot universitetining neyroxirurgiya kursi va asab kasalliklari kafedrasi mudiri, professor, tibbiyot fanlari doktori S.T. Turuspekova Аndijon davlat tibbiyot institutida 2021-yil 11-12-iyun kunlari boʼlib oʼtadigan “Profilaktik tibbiyotda yuqori innovatsion texnologiyalarni qoʼllash” mavzusida Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi rejasiga kiritilgan, hamdoʼstlik mamlakatlar olimlari ishtirokidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etish uchun keldi.

Bugun u magistratura yoʼnalishida tahsil olayotgan talabalarga
1. Demeilanizatsiyalanuvchi kasalliklar, tarqoq skleroz, Devik optikomieliti,
2. Covid-19 infeksiyasining nevrologik asoratlari, serebrokardial sindrom
3 kurs davolash va pediatriya fakulteti talabalariga
1. irsiy degenerativ kasalliklar, etiologiya, patogenez, klinika va davolash
2. Binsenger kalsalligi etiologiya, patogenez, klinika va davolash
mavzularida akademik mobillik dasturi doirasida maʼruza va amaliy mashgʼulotlar olib bormoqda.