alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“TIBBIYOTDА SIMULYATSIYA OʼQUV TА’LIMI BOʼYICHА MUTАXАSSISLАR TАYYORLАSH TRENINGGI” – 2-KUN

17:56 08.06.2021

“TIBBIYOTDА SIMULYATSIYA OʼQUV TА’LIMI BOʼYICHА MUTАXАSSISLАR TАYYORLАSH TRENINGGI” - 2-KUN

Xabaringiz bor, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining fundamental fakulteti Klinik modellashtirish va qoʼlda ishlash mahorati kafedrasi oʼqituvchisi Shubina Lyubov hamda Tibbiyot fakultetining Fundamental fakulteti klinik medellashtirish va qoʼlda ishlash mahorati kafedrasi oʼqituvchisi Denis Gribkov tomonidan “Tibbiyotda simulyatsiya oʼquv taʼlimi boʼyicha mutaxassislar tayyorlash treninglari”ni oʼtkazib kelmoqda.

Bugun mutaxassislar “Simulyatsiya mashgʼulotlari murabbiylarini tayyorlash” boʼyicha seminar trening va mahorat darslarini olib bordilar. Unda simulyatsion taʼlim trenerlari trening mavzusi va simulyatsiya sharoitida tibbiy persionalning komponentligini baholash mavzularida, “simulyatsiyalangan bemor” bilan muloqot qilish koʼnikmalari haqida seminar trening oʼtkazildi. Seminar trening davomida “kommunikativ koʼnikmalar”, birinchi tibbiy yordam koʼrsatish, jamoa bilan ishlash mavzularida mahorat darslari ham boʼlib oʼtdi.

Mazkur darslarda ishtirok etgan klinik kafedra oʼqituvchilari yakunlovchi imtixonlarni onlayn tarzda topshirdilar. Imtixonlardan muvafaqqiyatli oʼtgan 35 nafar klinik kafedra oʼqituvchilariga xalqaro miqyosdagi Rossiyaning tibbiyotda simulyatsion taʼlim jamiyati – ROCOMED tomonidan tasdiqlangan sertifikatlari tantanali topshirildi.