“Tibbiyotda innovatsion texnologiyalarni qo’llash” mavzusida seminar-trening bo’lib o’tdi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot institutida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini, o’qitish samaradorligini oshirish va zamonaviy pedagogik-distansion ta’limni tatbiq etishga oid bir qator qarorlari va Muhtaram yurtboshimiz tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, aholi va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish borasida institutning umumiy jarrohlik kafedrasi jamoasi tomonidan ko’plab ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Institut rektorining tashabbusi bilan bugungi kunda kafedrada o’quv xonalari texnik vositalar bilan to’la jihozladi. Bu esa kafedra professor-o’qituvchilariga talabalarni o’qitish jarayonida katta samara bermoqda. Kafedra tashabbusi institut professor-o’qituvchilari uchun “Tibbiyotda innovatsion texnologiyalarni qo’llash” mavzusida seminar trening o’tkazildi.

Institut tarixida umumiy jarrohlik kafedrasi yuqori salohiyatli kafedralar qatoridan joy olgan. Kafedrada ko’plab mahoratli, o’z kasbiga mehr qo’ygan taniqli ustoz professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatib kelgan va kelmoqdalar. Bu borada professorlar Anvar Yasharovich O’rinov, Husan Tadjibaevich Musashayxov,  Adham Lutfullaevich Qosimov kabi ustozlarni xizmatlari katta.

“Tibbiyotda innovatsion texnologiyalarni qo’llash” mavzusida seminar treningni o’tkazishdan maqsad kafedrada olib borilayotgan ishlar, yangiliklar yuzasidan institut professor-o’qituvchilari bilan o’rtoqlashish, fikr almashish bo’ldi.

Seminar davomida respublikadagi turdosh tibbiy Oliy ta’lim muassasasi sanalgan, ya’ni Toshkent tibbiyot akademiyasi tayanch kafedrasi Umumiy va bolalar jarrohlik kafedrasi mudiri t.f.d., professor Oxunov Alisher Aripovich tomonidan “Xirurgik bemorlarni zamonaviy tekshirish usullari” mavzusida onlayn seminar ma’ruza eshittirildi.

Innovatsion texnologiyalarni qo’llash tajribalariga bag’ishlangan seminar trening barcha uchun foydali va samarali bo’ldi.

Sarvarbek Salohiddinov,

ADTI umumiy jarrohlik kafedrasi mudiri.

310