alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“TIBBIYOTDA XORIJIY TIL” FANIDAN YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI O‘TKAZILDI

10:28 28.01.2021

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi PQ-1875 sonli “Chet tillarini o’rgatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi, 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909 sonli “Oliy ta’limni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi va 2017 yil 5 maydagi PQ-2956 “O’zbekiston Respublikasidagi tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlarini ijrosini ta’minlash maqsadida Institut rektorining 2021 yil 18 yanvardagi “Tibbiyotda xorijiy til” fanidan Yakuniy davlat attestatsiya o‘tkazish to‘g‘risida”gi 18-T-sonli buyrug‘iga muvofiq, joriy yil 28 yanvar kuni pediatriya fakul’teti 3-bosqich talabalariga “Tibbiyotda xorijiy til” fanidan Yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazildi.

Talabalarning xorijiy til fani bo’yicha bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini baholash, chet tillarini o’zlashtirishning “gapirish”, “tinglash”, “o’qish” va “yozish” ko’nikmalarini egallash darajalari asosida 100 ballik tizimda baholandilar.

Yakuniy davlat attestatsiyasiga Andijon davlat universiteti chet tillar fakul’teti dekani, filologiya fanlari nomzodi, dotsent  D.A.Rustamov raislik qildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!