alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Tibbiyotga oid adabiyotlar ko‘rgazmasi taassurotlarga boy bo‘ldi

15:55 16.09.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti tashabbusi bilan Samarqandda faoliyat ko‘rsatuvchi “ILM  NURLI ZIYO” MCHJ bilan hamkorligida institutning Kengashlar zalida “Tanishing, yangi adabiyotlar” ”AMKVYA-2020”( Андижанская медицинская книжная выставка-ярмарка -2020) mavzusida o‘tkazilgan tibbiyotga oid adabiyotlar ko‘rgazmasi uch kun davom etdi.

“ILM  NURLI ZIYO” MCHJ bilan  o‘zoro hamkorlik asosida Rossiya Federatsiyasining “GEOTAR-Media” nashriyoti bilan shartnoma orqali institut axborot resurs markazi fondi  tibbiyotga oid adabiyotlari bilan boyitilmoqda.

“ПРЕЖДЕ ВСЕГО НЕ НАВРЕДИ” (Avvalo zarar etkazib qo‘yma) shiori ostida o‘tkazilgan kitoblar ko‘rgazmasida masofaviy  “ON-LAYN” o‘qish tartibi tashkil etildi. “Bolalar jarrohligi”, “Ayollarga nisbatan turli ko‘rinishdagi zo‘ravonlikka qarshi kurash”, “Xorijiy adabiyotlar” mavzularida video senminarlar bo‘lib o‘tdi. Seminarlarda  institut fakultetlari dekanlari, barcha kafedralarning professor-o‘qituvchilari, axborot –resurs markazi xodimlari va talabalar onlayn ravishda ishtirok etdilar.

E’tirof etish kerakki, “GEOTAR-Media” nashriyoti shartnomalar asosida institutga 78 nomda 125 nusxada yangi  adabiyotlar qabul qilindi. Bundan tashqari, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar tomonidan tayyorlangan 70 nusxadagi avtoreferantlar va Rossiyada chop etilgan 14 nomdagi  jurnallar qabul qilindi.

Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan Rossiya Federatsiyasining “GEOTAR-Media” nashriyoti tomonidan olib kelingan  39 nomdagi o‘quv adabiyotlaridan  muallif ruxsati bilan  10  nomdagisi  rus tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilish ishlari davom ettirilmoqda.

“Tanishing, yangi adabiyotlar” – ”AMKVYA -2020” onlayn kitoblar ko‘rgazmasi davomida mutaxassislar va talabalar o‘rtasida savol-javob tarzida qiziqarli suhbat ham bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar tibbiyotga oid adabiyotlar ko‘rgazmasi foydali va taassurotlarga boy bo‘lganligini ta’kidlab o‘tdilar.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!