alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

«TIBBIYOTNING DOLZARB MUAMMOLARI» ILMIY-AMALIY ONLAYN KONFERENSIYA BO‘LIB O‘TMOQDA

11:46 23.04.2021

Xabaringiz bor bugun institutimizda “Tibbiyotning dolzarb muammolari” mavzusidagi respublika yosh olimlar va iqtidorli talabalarning onlayn ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Andijon davlat tibbiyot instituti hamkorligida o‘tkazilayotgan mazkur koferensiya 2 ta seksiyada bo‘lib o‘tmoqda. Unda respublikamizning yetakchi oliy o‘quv yurtlari talabalari, yosh olimlar bilan bir qatorda institutimizning yoshlari ishtirok etmoqda.

Konferensiyani ochib bergan institut rektori M. Madazimov kirish so‘zi bilan ochib berib, yurtimizda yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshiralayotgan keng ko‘lamli islohotlar to‘g‘risida ta’kidlab o‘tdi. Toshkent tibbiyot akademiyasining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Feruza Azizova hamda Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Sur’at G‘ulomov barcha yosh olimlarni bugungi onlayn konferensiya bilan qutlab, barchaga omad tiladilar. Konferensiyada jami  62 ta ma’ruzalar tinglandi. Unda institutimizning bir qator iqtidorli bakalavr, magistr, klinik ordinatorlar, professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etmoqdalar.

Jumladan, Davolash fakultetining 6-bosqich talabasi  I. Bektoshevning “Diabetik topik sindromini davolashining zamonaviy usullari”, BKP va poliklinik pediatriya kafedrasi assistenti, mustaqil izlanuvchisi D. Abdullayevning “Ilk yoshdagi o‘tkir gerpetik stomatit kasalligi bor bolalarda zotiljam kechishining klinik rentgenologik xususiyatlari”, 3-bosqich tayanch doktaranti G. Soipovaning “Gepatit C diagnostikasida elastografiya zamonaviy usul”, 1-bosqich magistri M. Usmonovaning “Homiladorlikning erta muddatlarida va muddatdan oldingi tug‘ruqda homilani yo‘qotishda lyutin faza yetishmasligi sindromining ahamiyati” kabi mavzularidagi ma’ruzalari barchaning e’tiborini tortdi. Ilmiy-amaliy konferensiya davom etmoqda. Keyingi xabarlarimizda taqdirlash marosimi haqida xabar beramiz.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!