Til – millat ko‘zgusi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Millatning madaniyati, milliy an’analari, adabiyoti qanchalik boy bo‘lsa uning tili ham shunchalik so‘zga boy, go‘zal, ohangdor bo‘ladi. Tilning go‘zalligi, ma’nodosh so‘zlarning ko‘pligi, muloqot jarayonida imkoniyatning kengligi millat ma’naviyati yuksak darajada ekanligini ko‘rsatadi. 21-oktyabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida o‘tkazilgan an’anaviy “Shukronalik” tadbiri o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligiga bag‘ishlandi va “Til – millat ko‘zgusi” deb nomlandi.

“Til – millat ko‘zgusi” deb nomlangan tadbir Tillar, pedagogika va psixologiya kafedrasi mas’ulligida o‘tdi. Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘zbek tili tarixi, taraqqiyoti, o‘zbek tili rivojiga munosib hissa qo‘shgan allomalar, shoir, yozuvchilar haqida so‘z yuritdilar. So‘zga chiqqanlar so‘zlayotganda til qoidalariga amal qilish, o‘zbek tilini asrash, o‘zbek adiblarining asarlaridan yanada ko‘proq mutoala qilish nutq madaniyatimizni o‘sishida muhim omil ekanligini ta’kidlab o‘tdidar.

Tadbir davomida talabalar til haqidagi hikmatlardan aytib berishdi, til qoidalaridan ma’lumotlar berishdi. O‘zbek tilini madh etib yozilgan she’rlar davomli qarsaklar bilan kutib olindi.

Talabalarning “Til – millat ko‘zgusi” mavzusi ostida tayyorlagan devoriy gazetalar ham alohida e’tibor qozondi.

ADTI Klinikasi binosida  Gospital terapiya va endokrinalogiya  kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan «Shukronalik» tadbiri ham til bayramiga bag‘ishlandi.Tadbirni Davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ulug‘bek Karimov ochib, o‘zbek tili tarihi haqida gapirib o‘tdi.

Kafedraning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha ma’suli M.Abduraxmonova «O‘zbek tilim – iftixorim» mavzuda ma’ruza qilib berdi. Kafedra o‘qituvchisi G.Xolmatova o‘zbek tili haqidagi she’rlardan na’munalar o‘qidi. Davolash fakulteti dekani B.Mamatov  va kafedra mudiri Sh.Yusupova barchaga bugungi kunni fayzli va barokotli o‘tishini tiladi.

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan “Shukronalik” tadbirlari barcha ishtirokchilar jo‘rovozlikda kuylagan O‘zbekiston madhiyasi bilan yakunlandi.

ADTI axborot xizmati

277