alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“TISHLАR ESTETIK RESTАVRАTSIYASI – 2021” INSTITUT MIQYOSIDАGI OLIMPIАDА GʼOLIBLАRI АNIQLАNDI

17:11 11.05.2021

Bugun Stomatologiya fakulteti talabalari oʼrtasida ilmiy-amaliy faoliyatni yanada takomillashtirish va iqtidorli talabalarni aniqlash maqsadida “Tishlar estetik restavratsiyasi – 2021” mavzusidagi institut miqiyosida talabalar olimpiadasi oʼtkazildi.

Olimpiadaning ochilish marosimida institut rektori M. Madazimov, oʼquv ishlari boʼyicha prorektor B. Аbdullajonov, viloyat Sogʼliqni saqlash bosh boshqarmasi bosh stomatologi, viloyat Stomatologiya poliklinikasi bosh shifokori R. Usmonov, Stomatologiya fakulteti dekani D. Toʼlanov, Gospital va klinik stomatologiya kafedrasi mudiri R. Raimjonov talabalarga stomatologiya sohasida erishilayotgan yutuqlar, ularda iqtidorli talaba va yoshlarning oʼrni haqida soʼz olib bordilar. Ishtirokchilarga omad tiladilar.

Olimpiadaning birinchi bosqichi inkubatsiya va akseliriatsiya markazida boʼlib, unda 39 nafar talaba ishtirok etdi. Test bosqichidan muvafaqqiyatli oʼtgan 10 nafar talabalar ikkinchi bosqichga yoʼl oldilar.

Olimpiadaning ikkinchi bosqichi simulyatsion markazda boʼlib, unda ishtirokchilar maxsus fantom va mulyajlarda tishlar estetik restavratsiyasi boʼyicha amaliy koʼnikmalarni bajardilar.

Xakamlar hayʼati tomonidan olimpiadada muvafaqqiyatli ishtirok etgan 3 nafar talaba gʼolib boʼldilar. Unga koʼra, Stomatologiya fakultetining 4-bosqich talabasi Sherxon Dodaxonov 1-oʼrinni, 5-bosqich talabasi Qodirali Аbdurahimov 2-oʼrinni, Shoxruh Yoqubjonov esa 3-oʼrinni qoʼlga kiritib, maxsus diplom va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandilar.