alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

To‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lashda talabalarga berilgan 10 foiz chegirmalar bo‘yicha eng ko‘p berilgan savollarga javoblar

09:49 25.09.2020

Qariyb bir hafta oldin, 18 sentabr kuni vazirlik telegram kanali orqali talabalar va ularning ota-onalaridan yangi o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lashda talablarga berilgan 10 foiz chegirmalar bo‘yicha tushunmovchiliklar haqida ma’lumot berishni so‘ragan edik.
(https://t.me/eduuz/3312)O‘tgan vaqt mobaynida @otvmurojaat_bot boti orqali 3500 dan ortiq turli mazmundagi xabarlar kelib tushdi. Shulardan mavzuga oid eng ko‘p so‘ralgan savollarga javoblarni keltiramiz.
❓10 foizlik chegirma qaysi ta’lim shaklida o‘qiydigan talabalarga beriladi?
Davlat OTMlarining bakalavriat va magistraturasida kunduzgi ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan barcha talabalarga shartnoma shartlarini bajarishda amaldagi bazaviy to‘lov-kontrakt (stipendiyasiz qismidan) miqdoriga 10 foiz chegirma berildi.
❓Ikkinchi mutaxassislikda tahsil oladigan talabalarga ham chegirma beriladimi?
Beriladi, agarda talaba ikkinchi mutaxassislikda ta’limning kunduzgi shaklida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan bo‘lsa.
❓Sirtqi va kechki ta’lim shaklida ham bu imkoniyat beriladimi?
Chegirmalar davlat oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan talabalar uchun berilishi belgilangan.
❓ Chegirmalar nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalari, qo‘shma ta’lim dasturlarida ham amal qiladimi?
10 foizlik chegirma faqat davlat oliy ta’lim muassasalarida joriy etilgan. Nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalarida, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlarida o‘quv jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq barcha masalalar ta’sischilar va xorijlik hamkorlar bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Shu jumladan, o‘qitish narxlari va to‘lovni amalga oshirish shakllarini belgilash ham.
❓  10 foizlik chegirma kelgusi o‘quv yilida ham amal qiladmi?
Mazkur imtiyoz vazirlik tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda pandemiya sharoitida aholining to‘lov qobiliyati pasayishini hisobga olib, bugungi kunda belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlari  o‘qitishning minimal xarajatlarini qoplamayotganiga qaramasdan, farzandi to‘lov-shartnoma asosida o‘qiydigan oilalarga yengillik yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2020/2021 o‘quv yili uchun joriy etildi.
❗️Yuborilgan xabarlarda to‘lov-shartnoma shartlarini bajarishda talabalarga berilgan 10 foiz chegirma hisoblanishi bilan bog‘liq muammoli holat bo‘yicha bironta ma’lumot kelib tushmagan.
Jamaotchilik tomonidan  telegram botga yuborilgan sohaga oid boshqa mazmundagi savollarga ham javoblar e’lon qilinadi.
Hurmatli talabalar va ota-onalar!
Agar Sizda oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tizimi bilan bog‘liq savollar bo‘lsa, aniq faktlarni ko‘rsatgan holda telegramdagi @otvmurojaat_bot  orqali bizga ma’lum qiling. Hech bir murojaat e’tiborsiz qoldirilmaydi!
👉 Murojaat uchun – @otvmurojaat_bot

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!