Top 1000 talik bilan hamkorlikka yo‘l ochildi.

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2019-yil 26-sentabr Andijon davlat tibbiyot instituti tarixida alohida bir sana sifatida iz qoldirdi. Chunki ADTI VMO va QTFning kardiologiya va terapiya kafedrasi mudiri t.f.d., professor N.S.Mamasoliev va shu kafedra dotsenti t.f.d. X.X.Tursunovlar Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida joylashgan B.N.Yelsin nomidagi Ural Federal Universiteti (UrFU)ning fundamental tibbiyot fakulteti bilan hamkorlik o‘rnatdi. Pedagogik tajriba almashinuvi borasida qator ishlar amalga oshirdilar.

Professor-o‘qituvchilar va talabalarga ma’ruzalar o‘qishdi. Fundamental tibbiyot bo‘yicha davomli ilmiy faoliyatlar rejalashtirildi. Dissertatsiya ishlarini tayyorlash va himoya qilish borasida ushbu universitet bilan alohida kelushuvga kelindi. Bundan tashqari, shu universitetni yetakchi olimlari orqali Immunologiya va Virusologiya instituti akademik ilmiy guruxi bilan VICh – infeksiya va ichki kasalliklar hamda fito farmaseftika sohasida hamkorlik ishlari belgilandi.

Ushbu universitet salohiyati bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinni egallagan: 650 ta fan doktori, 30 ta akademiklar faoliyat ko‘rsatadi. 1570 dan ortiq fan nomzodlar ishlaydi, 30 ta ixtisoslashgan Ilmiy Kengashlar faoliyat yuritadi.

UrFU 2 ta Nobel mukofoti lauriatlari Jan Juzel va Dan Shexgmanlar bilan uzviy aloqa o‘rnatgan. Universitet Nobel mukofoti lauriatlari bilan ilmiy pedagogik hamkorlik olib boradi. Kelajakda bu Nobel muokofoti lauriatlari – Jan Juzel va Dan Shexgmanlar bilan ADTI ilmiy-pedagagik hamkorlik ishlarini olib borish haqida fikr almashildi.

O’qilgan ma’ruzalar qiziqarli va mazmunli bo‘lganligi uchun UrFUning professor-o‘qituvchilari va talabalari orasida katta qiziqish uyg‘otdi va universitet rahbariyati tomonidan minnatdorchilik xati ADTIga jo‘natildi. Ushbu xatda ADTI bilan o‘zaro hamkorlik qilish istagi bildirilgan.

t.f.d. X.X.Tursunov

ADTI VMO va QTF dekani

259