alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TRANSPLANTATSIYA BO’YICHA YANGI KELISHUVGA ERISHILDI

21:49 30.09.2022

Ma’lumki, Umumiy jarrohlik kafedrasi dotsenti B. Matkarimov rahbarligidagi bir qator mutaxassislarimiz Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridagi Akademik V.I.Shumakov nomidagi “Transplantologiya va sunʼiy aʼzolar” ilmiy tibbiyot markazida malaka oshirmoqda edi.

Unda mutaxassislarimiz yetuk jarrohlar tomonidan amalga oshirilayotgan jarrohlik amaliyotlarida bevosita ishtirok etishdi. Ular nafaqat buyrak, balki yurak, jigar, oshqozon osti bezi va boshqa aʼzolarni transplantatsiya qilish boʻyicha koʻnikma hosil qilishdi. Shuningdek, mutaxassislarimiz buyrak koʻchirib oʻtkazish amaliyotlarida assistentlik qilib va yurak, jigar, oshqozon osti bezi va boshqa aʼzolarni transplantatsiya qilishning bir necha jarayonlaridan soʻng mazkur tashrixlarda ham assistentlik qildilar.

Endilikda ushbu malaka oshirish jarayoni yakuniga yetdi. Mutaxassislarimiz amaliyotni muvaffaqiyatli tamomladilar.

Shuningdek, bugun Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Akademik V.I.Shumakov nomidagi “Transplantologiya va sunʼiy aʼzolar” ilmiy tibbiyot markazi direktori akademik S. Gotye bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar tibbiyot sohasida transplontatsiya jarayonlarini kengaytirish, bu borada mutaxassislar almashinuvini yanada rivojlantirish haqida suhbatlashdilar. Yakunda esa tomonlar sohaga oid qator kelishuvlarga erishdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!