alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TRAVMATOLOGIYA, ORTOPEDIYA VA NEYROXIRURGIYA KAFEDRASI

Kafedra mudiri: tibbiyot fanlari doktori, professor:
Xudayberdiev Qobiljon Tursunovich

 

Kafedra – KECHA: ADTI Travmatologiya, ortopediya va neyrohirurgiya kafedrasi 1967 yili gospital xirurgiya kafedrasining dotsentlik kursida, sobiq sovet ittifoqi sog’liqni saqlash vazirligining buyrug’iga asosan mustaqil kafedra bo’lib tashkil topgan. Kafedraga t.f.n., dotsent M.D.Dustmurodov mudirlik qilgan. M.D.Dustmurodov professor G.S.Yumashev rahbarligi ostida 1974 yili «Ko’krak umurtqalarini osteoxondrozi (klinikasi, diagnostikasi va davolash usullari) mavzusida doktorlik dissertasiyasini yoqlagan. Kafedraning moddiy texnika bazasini yaratish va malakali kadrlar bilan to’ldirishga aloxida e’tbor berilgan. Institutimizning marxum otaxon rektori, professor Yu.O.Otabekovning tashabbusi bilan ADTI travmatologiya kafedrasi bilan I.M.Sechenov nomidagi 1 MMI ning travmatologiya kafedrasi bilan ilmiy izlanishlar bo’yicha uzviy bog’lanib, otalik kafedra hisoblana boshlanadi va bu bog’lanish o’z axamiyatini xozirgi kunda xam saqlab qolgan. 1968 yildan boshlab kafedra malakali ilmiy kadrlar bilan to’la boshladi, shular jumlasidan tibbiyot fanlari nomzodlari: X.T.Tuxtasinov, G.I.Ibroximov. Shu yillari viloyat klinik shifoxonasidagi 40 ta o’rinli travmatologiya bo’limi kafedra bazasi xisoblanar edi. Keyinchalik esa travmatologiya bo’limi 50 ta o’ringa kengaydi va yangi 30 ta o’rinli neyroxirurgiya bo’limi tashkil qilindi. 1974-1975 yillari kafedraning ilmiy rivojlanishi kuchayib, ilmiy mahsulot sifatida nomzodlik dissertasiyalari muvaffaqiyatli yoqlanadi. Avval M.X.Xasanov so’ngra G.I.Ibroximov, N.M.Kurbanov, keyinchalik bu xodimlar kafedraning dotsenti etib saylandilar. Shu yillari kafedraning assistentlik lavozimlariga E.I.Alimov, K.M.Maxmudova, B.F.Sharipov, M.A.Fedoseeva, M.X.Botirova, J.T.Tuxtaevlar saylandilar. 1980-1984 yillari kafedrani t.f.d. professor M.A.Fedoseeva boshqargan. M.A.Fedoseeva 1980 yili professor G.S.Yumashev raxbarligida doktorlik dissertasiyasini yoqlagan. 1980-1990 yillar orasida kafedra ilmiy xayotida 3 ta doktorlik dissertasiyalari yoqlagan. 1984 yili N.M.Kurbanov «Umurtqa pog’onasini asoratli sinishlarini jarroxlik usuli bilan davolash» mavzusida doktorlik dissertasiyasini yoqlagan. Ilmiy raxbari – professor G.S.Yumashev. 1989 yili R.Yu.Osmanov – «Chaqaloqlarda chanoq bo’gimi chiqiqlarini davolashni patogenetik asoslash» mavzusida doktorlik dissertasiyasini yoqlagan. Kafedramiz dotsenti X.T.Tuxtasinov institute jamoat ishlarida ko’p yillar fao lishtirok etdilar va davolash fakultetining dekan muovini lavozimida ishlagan.