alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TUB ISLOHOTLAR INSON QADRI VA UNING YASHASH SHAROITINI YAXSHILASHGA XIZMAT QILMOQDA

12:30 29.06.2022

Andijon shahar Abu Ali ibn Sino jamoat salomatligi texnikumida Andijon davlat tibbiyot instituti rektori va professor-o‘qituvchilari  “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdilar.

 

Ma’lumki, ayni kunlarda Konstitutsion islohotlar jarayoni bo‘lib o‘tmoqda.  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan tayyorlangan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga doir konstitutsiyaviy qonunlar loyihalari xalq muxokamasiga qo‘yilgan bo‘lib, mazkur jarayonda barcha tashkilot va muassasalar rahbarlari va xodimlari ishtirok etmoqda. Konstitutsiyaviy qonun loyihasi Bosh qomusimizning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutadi. Bundan tashqari, 6 ta yangi modda bilan 16 ta yangi norma kiritilmoqda.

Yig‘ilish avvalida institut rektori M.Madazimov mazkur loyihalarning mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtaldi. Unda xalqparvar davlat barpo etishga, inson qadrini ulug‘lash, turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qilishini, Yangi O‘zbekiston fuqarosiman degan har bir inson bu jarayonda faol ishtirok etishi kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasining katta o‘qituvchisi A.Sattorov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bo‘limlari va moddalariga kiritilayotgan o‘zgarttirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, texnikum direktori M.Buabekov ham so‘z olib, institut va texnikum o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, yangi o‘quv yilida ilmiy adabiyotlarni boyitish, pedagoglar va talabalar almashinuvini yanada mustahkamlash bo‘yicha ham o‘z taklif-mulohazalarini bildirdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!