“TUG‘MA NUQSONLARNING ANTENATAL DIAGNOSTIKASI” MAVZUSIDA VEBINAR BO‘LIB O‘TDI

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2019- yil 16- may kuni ADTI bolalar jarrohligi va anesteziologiya-reanimatologiya kafedrasi xodimlari hamda Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti Bolalar xirurgiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari, magistratura talabalari va klinik ordinatorlar ishtirokida “Tug‘ma nuqsonlarning antenatal diagnostikasi” mavzusida  vebinar bo‘lib o‘tdi.

Vebinar doirasida Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti Bolalar xirurgiyasi kafedrasi professori, RMTTU tug‘ma nuqsonlar va shoshilinch holatlar Ilmiy tekshirish instituti, chaqaloqlar tug‘ma nuqsonlari va intensiv terapiya bo‘limi rahbari t.f.d. Mokrushina Olga Gennadievna ma’ruza o‘qidi. Vebinar moderatorlari sifatida ADTI bolalar jarrohligi va anesteziologiya-reanimatologiya kafedrasi tomonidan t.f.n Sh.Toshboev, Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti Bolalar xirurgiyasi kafedrasi tomonidan t.f.n., dotsent N.Stepanenkolar  ishtirok etdilar. Tinglovchilar tomonidan on-layn berilgan savollarga mufassal javoblar olindi.  Vebinar qizg‘in munozaralar bilan o‘tdi.

180