alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Turkiyaning Xadjettepe universiteti professor-o‘qituvchilari Andijon shahri  bilan tanishdilar

19:33 13.02.2020

Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini mustaxkamlash orqali ularning ilg‘or tajribalarini o‘rganish maqsadida Turkiyaning Xadjettepe universitetidan Andijon davlat tibbiyot institutiga taklif etilgan professor-o‘qituvchilar Andijon shahri bilan yaqindan tanishdilar. Turkiyalik mehmonlarga ADTI 1-UASHT kafedrasi mudiri, professor Z.S.Salaxiddinov hamrohlik qildi.

Xadjettepe universiteti klinikasi bosh direktori, kardiolog, professor Nucla Ozer xonim, kardiologiya bo‘limidan kardiojarroh, professor Recep Oktay Peker, Onkologiya bo‘limidan professor Mustafa Erman  dastlab Andijon shahridagi “Xotira xiyoboni”da bo‘ldilar.  Shundan so‘ng Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘lishib, professor Z.S.Salaxiddinovdan she’riyat sultoni Alisher Navoiy haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Turkiyalik mehmonlar bemorlar ko‘rigini o‘tkazishdi va talabalar tomonidan tayyorlangan adabiy-badiiy tadbirda ishtirok etishdi.

Andijon bo‘ylab qilingan sayohat davomida turkiyalik mehmonlar o‘zbek xalqining bag‘rikeng, shirinso‘z, mehmondo‘stligini yana bir bor his qildilar.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!