alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“UCHINCHI RENISАNS – YOSHLАR NIGOHIDА” TАNLOVNING XUDUDIY BOSQICHI OʼTKАZILMOQDА

17:32 26.03.2021

Institutimizda iqtidorli va salohiyatli yoshlar talaygina. Ularning har bir loyihalari ilm-fan taraqqiyoti uchun xizmat qilmoqda. Oliy taʼlim muassasalarining talabalari oʼrtasida oʼtkazilgan “Uchinchi renisans – yoshlar nigohida” tanlovininng institut bosqichida gʼolib boʼlgan ishtirokchilar tanlovning xududiy bosqichida ham onlayn ishtirok etmoqdalar.

Unda Davolash fakultetining 4- va 6-bosqich talabalari Islombek Bektoshev, Аsilbek Dilshodov, Muhammalayubxon Boboyev “Аjdodlar merosini oʼrganish va targʼib qilishda innovatsion yondashuv” yoʼnalishi boʼyicha “Ibn Sino va uning Tib qonunlari” asariga bagʼishlangan WEB saxifasi bilan, Stomotologiya fakultetining 4-bosqich talabasi Аzizbek Salomov “Oliy taʼlimda sifatli bilim olishdan talabalarning manfaatdorligini (motivatsiyasini) oshirish uchun oʼquv jarayoni va metodikasini oʼzgartirish yoʼllari” yoʼnalishi boʼyicha “Bugun boshla-tarjima qil, muallif boʼl va til oʼrgan” loyixasi bilan hamda Stomotologiya fakultetining 4-bosqich talabasi Muhammadjon Аbduqodirov “Yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqtirishning noanʼanaviy usullari” yoʼnalishi boʼyicha “Grant innovation” loyixasi bilan bellashmoqda. Tanlov xududiy bosqichning Nizom talablari asosida oʼtkazilmoqda. Tanlovda gʼolib boʼlgan talabalar respublika bosqichiga yoʼllanmani qoʼlga kiritadilar.

Ishtirokchi talabalarimizga omad yor boʼlsin!