alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Ukrainalik talabalar Bog’i Bobur dam olish maskanida bo’ldilar

14:52 01.07.2019

2019- yil  30- iyun kuni Ukrainaning Xarkov milliy tibbiyot universitetidan Andijon davlat tibbiyot institutiga amaliyot o’tash uchun kelgan 5 nafar talaba Bog’ishamol dahasidagi so’lim va xushmanzara Bog’i Bobur dam olish maskaniga tashrif buyurdi.

Shu kuni ukrainalik talabalar Z.M.Bobur  ramziy qabrini ziyorat qildilar. Mazkur buyuk shaxs tarixiy muzeyidagi eksponatlar, adabiyotlar bilan tanishdilar.Sayohat davomida andijonlik talabalar ukrain do’stlariga  buyuk davlat arbobi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga doir qiziqarli ma’lumotlarni gapirib berdilar. Shuningdek, talaba-yoshlar Bog’ishamolning betakror, xushhavo va go’zal tabiat manzaralaridan bahramand bo’lishib, miriqib dam oldilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!