Ukrainalik talabalar Xonobod shahriga tashrif buyurdilar

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Ukrainaning Xarkov milliy tibbiyot universitetidan Andijon davlat tibbiyot institutiga kelgan 5 nafar talaba o’quv amaliyot mashg’ulotlarida faol ishtirok etish barobarida o’zlarining dam olish soatlarini mazmunli o’tkazmoqdalar. Ular dam olish kunlari andijonlik tengdoshlari bilan birgalikda viloyatimizning diqqatga sazovor joylariga hamda dam olish maskanlariga sayohatga chiqmoqdalar.

2019- yil  7- iyul kuni ukrainalik  talabalar xushmanzara va betakror tabiati bilan mashhur Xonobod shahrida bo’ldilar. Shu kuni ular Xonobod shahri tarixi va bugungi kuniga oid ko’plab  qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’ldilar. Shuningdek, dillarni yayratuvchi tabiat manzarasidan, xushhavosidan bahramand bo’ldilar. Shahardagi so’lim maskanlarda miriqib dam oldilar.

565