alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Ulfatlar” jamoasi yarim finalda

16:40 18.09.2019

Andijon davlat tibbiyot institutining ilmga chanqoq, bilimdon hamda quvnoq va zukko talabalari har bir sohada ilg‘orlar qatorida dadil qadam tashlashmoqda. Ular ta’lim jarayonidagina faol bo‘lmay, balki, adabiyot, san’at borasida ham iqtidorli ekanliklarini ko‘rsatishmoqda. Jumladan, kuni kecha “Ulfatlar” “Quvnoqlar va zukkolar” respublika ko‘rik-tanlovining chorak final bahsida muvaffaqiyatli ishtirok etib ushbu tanlovning yarim final bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdilar.

“Ulfatlar” jamoasi “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining chorak finalida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Duv-duv gap”, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining “Olimp”, Samarqand Davlat universitetining “Ilhom”, “Karavan-Studio” xususiy korxonasining “Pozitiv” jamoalari bilan “QVZ” xalqaro maydonda”, “Savol-javob”, “Erkin mavzu” yo‘nalishlari bo‘yicha sahnada bellashib, o‘z iqtidorlarini namoyish etdilar.

E’tibor bergan bo‘lsangiz, “Ulfatlar”ning chorak finaldagi raqiblari anchagina kuchli jamoalar bo‘lishdi. Lekin qizg‘in bahslardan so‘ng jamoamiz faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritishib yarim finalga yo‘llanma olganliklari barchamizni quvontirdi.

Biz “Ulfatlar”ga “QVZ”ning yarim final va final bosqichlarida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz,
Senga omad hamisha yor bo‘lsin, “Ulfatlar”!
 

Boburjon Abdulazizxodjiyev

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi

institut BT yetakchisi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!