«Ulfatlar» kuchli uchlikda

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari nafaqat tibbiyot sohasida, balki adabiyot, san’at turlari, sport sohalarida ham ilg‘orlar qatorida borishmoqda. Tibbiyot instituti talabalari kuy-qo‘shiq, raqs ijrosi, sahna ko‘rinishlarini tayyorlash borasida juda iste’dodli ekanliklarini namoyon eta olishmoqda. Shuning uchun ham institutning quvnoq va zukko yoshlaridan iborat “Ulfatlar” jamoasi “Quvnoqlar va zukkorlar” respublika ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida ham muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda.

Poytaxtimiz Toshkent shahridagi muhtasham Turkiston San’at saroyida “Quvnoqlar va zukkolar” ko’rik-tanlovining navbatdagi yarim final 3-o’yini bo’lib o’tdi. Ushbu o’yinda Andijon davlat tibbiyot instituti nomidan «Ulfatlar» Q.V.Z jamoasi ham ishtirok etdi.

O’yin jarayoni juda keskin burilishlarga boy bo’ldi. Ayniqsa, 1- va 2- shartga ko’ra “Ulfatlar”  jamoasi 0.1 ball bilan  O’zbekiston Milliy Universitetining «Shovvozlar» Q.V.Z jamoasidan farq qilib turgan edi.

Afsuski, 3-yakuniy shartga ko’ra  final yo’llanmasini O’zbekiston milliy universitetining «Shovvozlar» jamoasi qolga kiritdi. 2-o’rin Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialining «Agrolife», 3-o’rin Adijon davlat tibbiyot institutinig «Ulfatlar», 4-o’rin Toshkent davlat stomatologiya institutining «Stomat» va 5-o’rin Guluston davlat universitetining «Bojalar» jamoasiga nasib etdi.

Ko‘rib turibsizki, “Ulfatlar”  jamoasi jamoasi kuchli uchlikdan joy oldi. Biz “Ulfatlar”ga ishonamiz, ular, albatta, respublikada birinchi ekanliklarni ko‘rastishadi. Bu borada ularga katta omad tilaymiz.

ADTI axborot xizmati

253