Kafedra mudiri t.f.d.
professor M.M.Madazimov
Andijon Davlat tibbiyot instituti umumiy jarroxlik kafedrasi 1957 yil Andijon shaxar shifoxonasi jarroxlik bo’limi bazasida tashkil topgan. Kafedra mudiri etib t.f.n. dotsent Karaev Ibragim Kosimovich tayinlangan. Institutimizning birinchi jarroxlik kafedrasida dotsent Karaev I.K., assistentlar Raximov S.R., Saidxonov A.S., Ibadov I.Yu., J.A.Muxamedovlar, professor A.YA.Urinov, t.f.n. dotsent S.Z.Salaxidinov faoliyat ko’rsatgan. Xozirgi davrda t.f.d. professor M.M.Madazimov raxbarlik qilib kelmoqda.
UMUMIY JARROHLIK KAFEDRASI TARIXI
Dotsent I.K.Karaev yurak qon-tomir xirurgiyasi ilmiy tekshirish institutida akademik Bakulev qo‘l ostida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi va 1964 yildan Stavropol tibbiyot institutiga ketgan. 1964 yilda umumiy xirurgiya kafedrasiga dotsent V.M.Markushev rahbarlik qildi. 1965 yildan Ufa tibbiyot institutida faoliyat yuritgan. 1965-1966 yillarda t.f.n. Nosir Najmitdinovich Najmitdinov, 1966-1967 yillarda t.f.n. Mirzabek Do‘stmuradovich Do‘stmuradov, 1967-1968 yillarda dotsent Vyacheslav Mixaylovichlar Svirko kafedrani boshqardilar. 1968 yildan Andijonlik olim dotsent Dadash Xodjaevich Xodjaev umumiy jarrohlik kafedrasini boshqara boshladi. Ushbu yillarda A.S.Saidxonov, S.R.Raximov endemik bo‘qoq xastaliklarini diagnostika va davolash masalalari bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqladilar. I.Yu.Ibadov «Siydik tosh kasalliklarida toshlar turlari va hususiyatlari» mavzusida nomzodlik, keyinchalik «Ichaklararo anastomozlarda invaginatsion usullarning ahamiyati» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. Ushbu kafedrada U.A.Eshanxodjaev, Akbar G‘anievich Davidov, G‘ayrat Jalilovlar assistentlik lavozimida ish olib borganlar. U.A.Eshonxodjaev urologik xastaliklar, A.G.Davidov «Yurakda o‘tkaziladigan operatsiyalar» mavzusida nomzodlik dissertatsiyalarini yoqlashdi.
Kafedra xodimlari
Xozirda umumiy jarroxlik kafedrasida dotsent S.Z.Salaxidinov raxbarligida t.f.d. professorlar X.T.Musashayxov, A.L.Qosimov dotsentlar, R.N.Abdullaev, B.X.Matkarimov, Sh.I.Qodirov assistentlar t.f.n. X.M.Mamadiev, katta o’kituvchilar: F.D. Ikramova, S.M.Axmadaliev, E.A.Vasilevskiy, A.I.Turgunov, O.T.Dadaboev, Phd F.A Urinov, J.M. Butaboev, Phd Sh.A. Ziyaev, G.Z Soliev, X.Q. Usmonov, M.A.Mamatov, K.I.Ergashev, E.I.Usmonovlar kabi ilmiy va amaliy potensialga ega jamoa faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Kafedra xozirda 4 ta klinik bazaga ega – 2-jarroxlik, yurak qon-tomir jarroxligi, yiringli jarroxlik va proktologiya bo’limlari. 2004 yildan kafedraning qon-tomir jarroxlik bazasi kardiovaskulyar xirurgiyaga aylantirildi. Ushbu bazada t.f.n.lar, M.A.Mamatov, A.I.Turg’unovlar ish yuritib, O’zbekiston Respublikasi xirurgiya markazi yetakchi mutaxassislari bilan birgalikda yurakning tug’ma va orttirilgan nuqsonlarini ochiq va yopiq tashrix usullari bilan davolashni yulga quydilar. Shu bilan bir qatorda bulim mudiri lavozimini xam t.f.n. A.I. Turgunov olib bormoqda. T.f.d. professor X.T.Musashayxov ushbu bo’limlarning davolash ishlariga ma’suldirlar. Xozirda bo’lim mutaxassislari yurakning murakkab nuqsonlarini xam operativ davolash ustida ish olib bormoqdalar. Kafedraning yiringli jarroxlik va proktologiya bulimlarida xam yetakchi mutaxassislar professorlar Yu.S.Egamov, K.K.Mirzaevlar davolash ishlarini xozirgi zamon talablari darajasida olib borishmoqda Kafedra Andijon viloyati va Fargona vodiysi viloyatlarida davolash ishlarini mukammallashtirish buyicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlarini bajarishda Namangan viloyat Norin tumani, Andijon viloyati Ko’rgontepa tumani oilaviy vrachlik punktlarida chukurlashtirilgan tibbiy koriklarda katnashib kelishmokda.