alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

UROLOGIYA BO’LIMI 8 MILLIARD 171,6 MLN. SO’MLIK YUQORI TEXNOLOGIK JIHOZLAR BILAN TA’MINLANDI

08:54 12.04.2021

Andijon Davlat Tibbiyot instituti klinikasi nafaqat Farg‘ona vodiysining Andijon, Namangan, Farg‘ona ahliga, balki Qirg‘iziston Respublikasidan kelgan bemorlarga ham yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Andijon Davlat tibbiyot instituti klinikasi Urologiya bo‘limi Sog‘liqni saqlash vazirligi mablag‘lari hisobidan qayta to‘liq ta’mirlandi, endourologiya tashrix zallari 6 turdagi, jami 8 milliard 171,6 mln so‘mlik yuqori texnologik va zamonaviy tekshiruv-tashrix uskunalari bilan ta’minlandi. Klinikada muntazam ravishda o‘z malakasini Yevropaning nufuzli klinikalarida va Rossiyada oshirib kelayotgan oliy toifali mutaxassislar tomonidan muntazam murakkab urologik xastaliklarga to‘g‘ri tashxis qo‘yish va tashxisga mos kam invaziv tashrixlar o‘tkazishga sharoitlar yaratildi. Jumladan endourologiya tashrix zalida erkaklarda kup uchraydigan prostata bezi xavfsiz giperplaziyasida «oltin standart» xisoblangan zamonaviy tashrix prostata bezi adenomasini transuretral rezeksiya tashrixi, shuningdek O‘rta Osiyo mintakasiga xos ko‘p uchraydigan buyrak va siydik yo‘llari toshlarida barcha turdagi kam invaziv operatsiyalar mahorat bilan bajarilmokda. Bular jumlasiga perkutan nefrolitotripsiya, -ekstraksiya, – lapaksiya, ureterolitotripsiya va sistolitotripsiya tashrixlari xisoblanadi. Shuningdek buyrak siydik yo‘llaridagi toshlarni hech kanday tashrix o‘tkazmasdan EUVL apparati yordamida elektr zaryad yo‘naltirish orqali maydalab, olib tashlanmoqda. Malakali mutaxassislardan biri Boburjon Ergashev Germaniyani Kyoln universitetiga grant yutgan, Germaniyada tahsil olmoqda, tibbiyot fanlari nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilmoqda.

2021-yilda Andijon Davlat tibbiyot instituti va Germaniyaning GIZ Germaniya xalqaro hamkorlik xizmati tashkiloti orasida hamkorlik shartnomasi asosida Germaniya-O‘zbekiston hamkorligidagi «Urologiya ilmiy-amaliy davolash va o‘quv markazi» tashkil etildi. Markazda o‘quv jarayoniga yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, mahorat darslari, treninglar, seminarlar tashkil etish, masterklasslar o‘tkazish va endourologiya bo‘yicha yukori malakali mutaxassislarni tayyorlash o‘tkazilmoqda.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!