alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR BILAN USTOZ MURАBBIYLАR UCHRАSHUVI – HАR BIR TАLАBА NАZORАTDА

19:27 24.04.2021

Ilmiy kengashlar zalida Rektor bilan ustoz-murabbiylar bilan uchrashuv oʼtkazildi. Unda institutning rektori, barcha ustoz-murabbiylar, prorektorlar, dekan va dekan oʼrinbosarlari, professor-oʼqituvchilar ishtirok etdilar. Uchrashuvni olib borgan rektor M. Madazimov, Ustoz-murabbiylar kengashi raisi Аbduqodir Аrzibekov hamda Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektor Mirzohid Botirov kun tartibidagi masalalar boʼyicha soʼz olib bordilar.

Ijarada yashovchi talabalar bilan ishlash, bitiruvchilar bandligini taʼminlash, institutga biriktirilgan MFYlarda uyushmagan yoshlar bilan ishlash boʼyicha taklif va vazifalar belgilab berildi. Onlayn oʼqiyotgan talabalarga sifatli darslar tashkil etish, darslarda ishtirok etmayotgan talabalarni nazoratga olish hamda dars jarayonlarida karantin qoidalariga qatʼiy amal qilish borasida tavsiyalar berildi.