Ustoz-shogird an’anasi davom etadi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, zahira kadrlarni tayyorlash maqsadida  Andijon viloyat hokimi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan «Andijonda yoshlar o‘n kunligi» loyihasi ikkinchi bosqichida viloyatdagi tibbiyot sohasiga rahbarlik qilayotgan shifokorlarning o‘rniga biriktirilgan  tibbiyot institutida tahsil olayotgan lider yoshlar joylarda “Ustoz-shogird” an’anasi asosida ish olib bormoqdalar.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Andijon davlat tibbiyot institutining Ulug‘nor tumaniga biriktirilgan  talabalari Ulug‘nor tuman tibbiyot birlashmasi bilan birgalikda maxsus tuzilgan kun tartibi tuzib oldilar.

Talaba-bosh shifokorlar ish faoliyatlarini bo‘limlardagi holatlar bilan tanishish bilan boshladilar.

Bo‘limlardagi kamchiliklar, bemorlarni qiynayotgan savolar, shikoyatlar tinglandi. Ular bilan muloqot jarayonida tibbiy xizmati sifatini yaxshilash borasida takliflar o‘rnilmoqda, muammolar hal kilinmokda.

Aholi soni, kasallar va nogironlar, yordamga muhtoj aholilar ro‘yxati ko‘zdan kechirildi.

Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ilgari surilgan besh ta muhim tashabbusi ijrosini ta’minlash borasida xodimlar bilan fikrlanishildi. Hamshiralar o‘rtasida kitobxonlik, shahmat- shashka musobaqalari o‘tkazish  haqida takliflar bildirildi.

Yoshlarning tashabbuskorlik bilan olib borayotgan ishlari ustoz shifokorlar, tibbiyot muassasalari jamoalari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

 Kozimjon Baydullaev,

ADTI pediatiriya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari

148