alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Ustozlar yurtning eng buyuk insonlari

16:00 12.10.2019

Andijon davlat tibbiyot institut klinikasida institut “Faxriylar kengashi” tashabbusi bilan “Ustozlar yurtning eng buyuk insonlari” shiori ostida uchrashuv o‘tkazildi. An’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan navbatdagi uchrashuv qahramoni tibbiyot fanlari doktori, professor Qodirjon Karimovich Soliyev bo‘ldi.

Gematolog olim, mehribon ustoz Qodirjon Karimovich Soliyev 1936 yil Andijon viloyati, Andijon tumanining Xartum qishlog‘ida tavallud topgan. 1956 yilda maktabni imtiyozli diplom bilan tamomlagach, birinchilar qatorida Andijon davlat tibbiyot institutiga qabul qilindi. 1962 yili institutni tamomlagach, o‘z ihtiyoti va tashabbusi bilan Bo‘z tumanida mehnat faoliyatini boshladi. Keyinchalik viloyat qon quyish stansiyasida bo‘lim mudiri sifatida ish olib bordi. 1967 yili Andijon davlat tibbiyot institutining aspiranturasiga qabul qilindi va nomzodlik ishini muvaffaqiyatli himoya qildi. 1970 yildan institutning gospital terapiya kafedrasi assistenti vazifasida ish boshladi. 1987 yili “O‘rta Osiyo respublikalari xalqlari orasida asosiy eritrotsitonatiyalar” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1987 yildan 2007 yilgacha gospital terapiya kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatdi. Ayni paytda ham shu kafedraning professor lavozimida mehnat qilmoqda.

“Ustozlar yurtning eng buyuk insonlari” shiori ostida o‘tkazilgan uchrashuvni institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Abdupatto Asxanov ochib berdi va Ustoz Qodirjon Soliyevning hayoti va mehnat faoliyati haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi. Shundan so‘ng Ustoz ko‘rgazmali vositalar yordamida qon va qon kasalliklari tahliliga oid qiziqarli ma’ruza qilib berdi.

ADTIning “tirik tarixi” bo‘lgan ustozning hayoti va mehnat faoliyatiga bag‘ishlangan tadbirda so‘z olgan ustozning hamkasblari Qodirjon Soliyevning o‘z kasbiga sadoqati, insoniy fazilatlari, hamkasblarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlari, komil insonlar qilib tarbiyalagan farzandlari haqida so‘z yuritdilar.

Uchrashuv davomida talabalar Ustoz Qodirjon Soliyevga talabalik yillari, mehnat faoliyati, hayoti tajribalariga oid savollari bilan murojaat qildilar. Ustoz talabalarning savollariga mehr, samimiylik bilan batafsil javob berdi. Talabalar mazmunli suhbat uchun ustozga chuqur minnatdorchilik bildirdilar. Sermazmun uchrashuv yakunida gematolog olim, mehribon ustoz Qodirjon Karimovich Soliyev tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari topshirildi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!