alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

USTUVOR VAZIFALAR MUHOKAMASIGA BAG‘ISHLANDI

10:35 06.05.2021

Ilmiy kengashlar zalida monitoring va ichki nazorat hamda devonxona va arxiv bo‘limlari tashabbusi bilan seminar o’tkazildi. Unda yangi o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich o‘tish, ijro intizomi, normativ-huquqiy hujjatlar hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash borasidagi ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi.

Seminarda kun tartibidagi masalalar yuzasidan monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i K. Mirzayev, mazkur bo‘lim uslubchisi A. Qo‘ldoshev, devonxona va arxiv bo‘limi boshlig‘i M. Qaharovalarning ma’ruzalari tinglandi.

Seminarda kun tartibidagi masalalar yuzasidan ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i G‘. To‘ychiyev, Davolash fakulteti dekani B. Mamatov, magistratura bo‘limi boshlig‘i B. Tursunov, o‘quv-uslubiy bo‘limi boshlig‘i Q. Yusupov, ilmiy ishlar va innovatsiya, ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i G. Mamatxo‘jayeva, xodimlar bo‘limi boshlig‘i D. Nazarovalar ham so‘zga chiqib, o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.

Seminar yakunida institutda yangi o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich o‘tish yuzasidan tuzilgan chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash, ijro intizomi, normativ-huquqiy hujjatlar hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash jarayonini yanada takomillashtirish borasidagi ustuvor vazifalar ham belgilab olindi.

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!