alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

"Uvaysiy – ma'naviy jasorat timsoli"

17:30 29.02.2020

Jahon otin Uvaysiy nafaqat o’z g’azallari va chistonlari, balki butun hayoti bilan o’zbek ayolining ma’naviy qiyofasini namoyon etgan shoira.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Andijon davlat tibbiyot instituti Tibbiy biologiya va gistologiya kafedrasi tashabbusi bilan Jahon otin Uvaysiy hayoti va ijodiga bag’ishlangan   «Uvaysiy – ma’naviy jasorat timsoli» mavzusida adabiy-badiiy tadbir o‘tkazildi.
Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Tadbirni kafedra mudiri R.R.Rahmonov ochar ekan, o‘zbek ayolining ma’naviyati butun dunyo xalqlariga ibrat ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Pediatriya fakulteti 104-gurux talabalari tomonidan tayyorlangan tadbir Uvaysiy hayoti va ijodiga bag’ishlangan video taqdimot bilan boshlandi.
Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Shundan so‘ng Uvaysiy qalamiga mansub g’azallar o‘qildi. Go’zal raqs, dilbar qo‘shiq davraga yanada fayz berdi.
Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Uvaysiy va Nodira hayotidan olingan sahna ko’rinishi barchaga manzur bo‘ldi.
Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

«Uvaysiy – ma’naviy jasorat timsoli» mavzusida adabiy-badiiy tadbir talabalarni adabiyot, san’atga oshno etishi bilan birga o‘zbek ayoliga bo‘lgan yuksak hurmatni kichik bir ko‘rinishi bo‘ldi.

Nodiraxon Umarova ,

ADTI Tibbiy biologiya va gistologiya kafedrasi Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha mas’uli

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!