alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

UYUSHMАGАN YOSHLАR VА TАLАBАLАR – MАQSАDLАR BIR, ORZULАR MUSHTАRАK

19:58 24.04.2021

Madaniyat oyligi doirasida iqtidorli talabalarimiz yana bir manzil – “Bunyodkor” MFYda boʼldilar. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida oʼtgan videoselektor yigʼilishida yoshlarning boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazish, ularni toʼgaraklarga jalb etish borasida yuzasidan amalga oshirilayotgan bunday uchrashuvlar barcha koʼngilli yoshlarni bir maqsad sari birlashtirmoqda. Unda Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektor M. Botirov hamda Maʼnaviyat va maʼrifat, yoshlar bilan ishlash boʼlimi boshligʼi  А. Аbduhalimov ham ishtirok etdi.

Mahallada jami 7197 nafar aholi boʼlib, shundan 2821 nafarini yoshlar tashkil etadi. Shulardan 12 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan.

Dastavval tadbirni “Yosh gitarachilar” oʼzlarining shoʼx taronalari bilan barchaga xushkayfiyat ulashishdan boshladilar. Xalqaro olimpiada gʼoliblari “Yosh akademiklar” tomonidan birinchi tez tibbiy yordam koʼrsatish usullarini amaliy jarayonlar bilan koʼrsatib berdilar. “Yosh volontyorlar” guruhi aʼzolari sogʼlom turmush tarzi, toʼgʼri ovqatlanish hamda pandemiyaga qarshi kurashish va karantin talablariga rioya qilish boʼyicha targʼibot ishlarini olib bordilar. Shundan soʼng Davolash fakultetining 6-bosqich talabasi Ilhomjon Hoshimov shoʼx taronalari sadosi ostida ishtirokchilarni raqsga chorladi. Tadbirda 100 nafardan ziyod mahalla aholisi, jumladan yoshlar ishtirok etdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!