alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

UYUSHMAGAN YOSHLARNING BO‘SH VAQTLARI MAROQLI O‘TDI

11:27 28.05.2019

2019-yil 27-may kuni ADTI talabalar turar joyidagi sport zalida reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan  Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning  Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan ikkinchi tashabbus hamda aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va Internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan uchinchi tashabbus  bo‘yicha tadbirlar tashkil etildi.

Shu kuni yoshlar sportning kurash, arqon tortish, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqalarda qatnashdilar. Shuningdek, kompyuter texnologiyalari va Internetdan samarali foydalanish bo‘yicha kafedra katta o‘qituvchisi Z.Abdullaevadan qiziqarli ma’lumotlar oldilar.


Ushbu tadbirga Andijon shahrining “Sanoat”, “Ahmad Yassaviy” va “Qizil quyosh” MFYlarining uyushmagan yoshlari qamrab olindi. Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkillashtirilgan musobaqalar va qiziqarli suhbatlar bahs-munozalarga boy o‘tdi. Tadbirda mahalla  yoshlari faol ishtirok etishdi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!