alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“VАTАNGА XIZMАT QILISH BUYUK MАQSАDIM” MАVZUSIDА TАDBIR TАSHKIL ETILDI

19:50 13.04.2021

Аprel oyi – “Salomatlik oyligi” doirasida oʼquvchilarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, maʼnaviy barkamol avlod boʼlib ulgʼayishlari maqsadida institutimizning Harbiy tayyorgarlik va fuqaro muhofazasi kafedrasi professor – oʼqituvchilari va Аndijon tumanidagi 1 – sonli umumiy oʼrta taʼlim maktabi oʼqituvchilari bilan hamkorlikda maktabning yuqori va bitiruvchi sinf oʼquvchilari ishtirokida “Vatanga xizmat qilish buyuk maqsadim” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazildi.

Tadbir davomida harbiy kafedrani professor – oʼqituvchilari tomonidan vatanparvarlik va yurtga sadoqat, vatannni sevish, qadrlash uni asrab-avaylash va oʼz yurtiga, Prezidentiga, xalqiga doimo sodiq olish kabi tushunchalar oʼquvchi yoshlarga keng yoritib berildi. Tadbirning ahamiyatli tomoni shundaki, barcha jarayonlar amaliyotda ko’rsatib berildi. Oʼquvchilarning bergan qiziqarli savollariga kafedra oʼqituvchilari tomonidan toʼlaqonli javoblar berildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!