2019-yil 23-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Vatan himoyasi –har bir fuqaroning sharafli burchi” mavzusida insholar tanlovining 1-bosqichi o‘tkazildi. Tanlov “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019-yilda Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019-yil 29-yanvardagi 78–sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Tanlov jarayonini institut tillar, pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri, dotsent L.Xudoyberdieva, institut psixologi O’.Arziqulov, davolash fakulteti ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari U.Karimovlar kuzatib bordilar.
Tanlovda talabalar faol ishtirok etishib, berilgan mavzular bo‘yicha ijodiy yondashdilar va o‘zlarining fikrlarini yozma bayon etdilar. Talabalarning ijodiy ishlari tekshirilib, unda yuqori natijalarga erishgan talabalar ikkinchi bosqich – institut miqyosida o‘tkaziladigan tanlovda ishtirok etadilar.
Ijodkor talabalarimizga omad yor bo‘lsin!