alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!”

15:20 13.01.2019

Shu kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 27 yilligi va 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatanparvarlik oyligi” davom etmoqda. Mazkur oylik doirasida Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov tashabbusi bilan 2019 – yil 13 – yanvar kuni “Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida bayram paradi tashkil qilindi.



Viloyatimizdagi barcha tashkilot va muassasalar vakillari qantashgan bayram paradida Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov boshchiligidagi 300 nafar institut jamoasi 3 guruhga bo‘lingan holda harbiycha yurish mashqlarida ishtirok etdilar.






Shuningndek, prorektorlar va fakultet dekanlari rahbarligida 1000 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar Andijon shahridagi A.Navoiy shohko‘chasida ushbu paradni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishib, ishtirokchilarni olqishlab turdilar.



Bayram paradidan so‘ng viloyatdagi harbiy qismlar askarlari tomonidan harbiycha chiqishlar va harbiy texnikalarning ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.


Vatan himoyachilari

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!